Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida” qarori loyihasi e'lon qilindi.

Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlar milliy assotsiatsiyasi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Jamoatçilik palatasi va Adliya vazirligining volontyorlarni hisobga oliş, ular faoliyatini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, davlat organlari va taşkilotlarining vazifa va funksiyalari volontyorlik faoliyati orqali samarali va tejamkor şaklda bajarilişini ta'minlaşning yangi mexanizmlarini joriy etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Yoşlar işlari agentligi Özbekiston yoşlar portali negizida quyidagilarni amalga oşiriş imkonini beruvçi volontyorlar platformasini işga tuşiriş çoralarini köradi:

  • volontyorlar va ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalarni taşkil etuvçilarni hisobga oliş;
  • davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, xususiy sektorning ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlari, loyihalari va aksiyalarini hisobga oliş;
  • volontyorlarni ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalarda ularni taşkil etuvçilarning roziligi bilan iştirok etişi uçun röyxatdan ötkaziş;
  • volontyorlarning ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalardagi iştirokini, şuningdek, davlat organlari faoliyatiga kömaklaşgan davrini qayd etib boriş.

Volontyorlarni kelajakda işga qabul qilişda ularning volontyorlik faoliyatida orttirgan iş tajribasi va könikmalari haqida iş beruvçilar ma'lumotga ega bölişlarini ta'minlaş maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yoşlar işlari agentligi bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini volontyorlar platformasi bilan integratsiya qiladi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

  • davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari tomonidan bir oy muddatda amalga oşirişga volontyorlar jalb etiladigan davlat organining vazifa va funksiyalari röyxati tasdiqlanadi;
  • davlat organlari huzurida uşbu davlat organlarining faoliyatini samarali va tejamkor şaklda amalga oşirişga kömaklaşuvçi volontyorlik guruhlari tuziladi;
  • davlat organlari huzurida tuziladigan volontyorlik guruhlariga volontyorlar uşbu davlat organlarida taşkil etiladigan komissiya tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi;