Hisob palatasi 2022 yil uçun «Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi va budjetnoma böyiça öz xulosasini e'lon qildi.
Asosiy iqtisodiy körsatkiçlar
Taqdim etilgan budjetnoma böyiça 2022 yildagi yalpi içki mahsulot hajmi 839,9 trln sömni yoki 74,2 mlrd dollarni, uning aholi jon boşiga miqdori 23,8 mln sömni yoki 2,1 ming dollarni taşkil etişi rejalaştirilmoqda.
2022 yilda real ösiş sur'ati 5,9 foizni taşkil etişi prognoz qilingan.
Eksport hajmi 2021 yilga nisbatan 19 foizga ösib, yalpi içki mahsulotning 27,2 foiziga, import hajmi esa 9,5 foizga ösib, yalpi içki mahsulotning 35,2 foiziga töğri kelişi kutilmoqda.
Taşqi savdo aylanmasi saldosi salbiy balans (5,94 mlrd dollar) bilan yakunlanişi kutilmoqda.
2022 yilda inflatsiya darajasi 9 foiz atrofida bölişi prognoz qilingan bölsa, 2023 yilda 5 foiz, 2024 yilda ham 5 foiz miqdorida möljal olingan.
Elektr energiyasi va tabiiy gazni içki iste'molçilarga sotiş narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari oşişi kutilmoqda. Bu 2020-2021 yillarda uşbu resurslar narxlari özgarmagani va keyingi yilda indeksatsiya qilinişi közda tutilayotgani bilan izohlangan.
Soliq siyosatidagi özgarişlar
Qöşilgan qiymat soliği böyiça amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda.
Aksiz soliği stavkalari 2022 yil 1 iyundan örtaça 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Respublikada işlab çiqarilgan va import qilingan benzin uçun yagona soliq stavkasi belgilanmoqda. Suyultirilgan gazga aksiz soliği stavkasi bekor qilinmoqda (amalda 30 foiz).
Polietilen granulalariga aksiz soliği stavkasi 20 foizdan 10 foizgaça pasaytirilişi belgilanmoqda, şuningdek, polietilen granulalar importida ham aksiz soliği joriy qilinmoqda.
Budjetnomada polietilen granulalari uçun aksiz soliği stavkasini 20 foizdan 10 foizgaça pasaytiriş hamda importida aksiz soliğini joriy qiliş sabablari aniq hisob-kitoblar bilan asoslantirilmagan.
2022 yil davomida 1 AQŞ dollarining örtaça yillik summasi – 11 321 söm, 1 troya unsiya oltin narxi – 1 700 AQŞ dollari, kumuş narxi – 25 AQŞ dollari, misning 1 tonnasiga 8,5 ming AQŞ dollari, 1000 m3 tabiiy gazning eksport narxi – 100 AQŞ dollari bölişi prognoz qilingan.












