3 noyabr kuni yana 4 ta internet platformasining Özbekistondagi faoliyati çeklandi. Tarmoqlarning bloklanişi ortidan 3 nafar amaldor işdan ketdi va şu bilan xuddi mavzu yopilgandek.

Rezonans keltirib çiqargan voqeaga poydevor qöygan deputatlarning sukuti ayniqsa qiziq. Amalda işlaşini talab qiliş kerak bölgan şunça qonun turganda, deputatlar aynan tarmoqlarni bloklaşga oid qonun nega ijro etilmayapti deb dod-voy qilgan, hukumat mas'ullarini çaqirib izoh talab qilgandi.

CESy86tQIC7BBty7IUUeqwjd9f84AXjl.jpg (1280×853)
Qonunçilik palatasining axborot texnologiyalari sohasiga mas'ul qömitasi deputatlari onlayn videomuloqot orqali mazkur bahsli qonun amalda işlaşini hukumat vakillaridan talab qilmoqda.
Qömita raisi – Ilhom Abdullayev / 2020 yil, may / Foto: Qonunçilik palatasi matbuot xizmati

Qiziği şundaki, bu izoh talab qiliş bundan yarim yil oldin bölgandi. Nega şunça vaqt oldin kuçga kirgan qonun muhim siyosiy tadbir – prezident inauguratsiya marosimiga ikki kun qolganda işlab ketdi?

Hamma mayda detallargaça rahbar bilan kelişib işlaşga örgangan amaldorlar bunday katta rezonansga sabab bölişi aniq bölgan voqeani “mustaqil” hal qilişganmi? Umuman, hukumat körsatmasiga asosan “Özkomnazorat” tomonidan “bir yoqlama, uzoqni öylamay qilingan” bu harakatlar zanjirida kimlar bor edi? Uşbu maqolada şular haqida söz yuritamiz.

Ma'lumki, Özbekistonda internet platformalari faoliyatining çeklanişi “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonunga joriy yil yanvar oyida qöşilgan va 16 apreldan qonuniy kuçga kirgan 27-1-moddasi bilan boğliq. Jumladan, unda şunday deyiladi:

“Mulkdor va (yoki) operator Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Şaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir ma'lumotlar bazalarida yiğilişini, tizimlaştirilişini va saqlanişini ta'minlaşi şart”.

Körib turganingizdek, qonunning bu moddasi mulkdor va operatorga qöyilgan talabdan iborat. Hujjatda agar xorijiy operator talabni bajarmasa, oqibati nima bölişi haqida gap-söz yöq.