Keng tarqalayotgan, jadal va tezlaşib borayotgan iqlim özgarişi Markaziy Osiyoda suv resurslarini boşqariş va xavfsizligini ta'minlaş masalalari ahamiyatini yildan yilga oşirmoqda.

Markaziy Osiyo suv manbalari xavfsizlik, energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy boğliq bölgan dunyodagi kam sonli mintaqalardan biridir.

Sönggi yillarda ob-havo keskin özgarişi esa istiqbolda dolzarb muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.

Energiya manbalariga ta'siri

Markaziy Osiyo davlatlari elektr energiya tizimi özaro muvofiqlikda faoliyat yuritadi, şu bois, bir mamlakatda sodir bölgan yirik avariya bir lahzada boşqa davlatlar elektr ta'minotida seziladi. Bu ayniqsa suv resurslariga aloqador bölsa.

Qirğizistonda 85 foizga, Tojikistonda 91 foizga, Özbekistonda 15 foizga, Qozoğistonda esa 10 foizga yaqin elektr energiyasi gidroelektr stansiyalarda işlab çiqariladi. Suv manbalari qisqarişi elektr energiya taqçilligi oşişiga jiddiy ta'sir ötkazadi.

Xususan, sönggi yillarda yoğingarçilik kamayişi natijasida Qirğizistonning Jalolobod viloyatidagi «Toqtogul» suv omborining suv sathi «ölik çegara» darajasigaça tuşişi ehtimoli borligi aytilmoqda. Mazkur suv omborida 2010 yilning 22 iyulida suv hajmi 18,2 mlrd kubometrni taşkil qilgan bölsa, 2021 yilning 30 martida suv sathi 8,7 mlrd kubga qadar pasaygan va pasayişda davom etmoqda. Mutaxassislar fikriça, suv taqçilligi yana beş yilgaça davom etişi mumkin. Uşbu suv ombori Özbekiston va Qozoğistonning bir qismini ham suv bilan ta'minlaşga xizmat qiladi.

Şu sababli Qirğizistonda energiya inqirozining oldini oliş va kelgusi suğoriş mavsumi uçun yetarli miqdorda suv yiğiş maqsadida mintaqa davlatlari Qirğizistonga elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça muzokaralar olib borişdi. Ammo boşqa davlatlarda ham energiya resurslari borasida vaziyat ança jiddiy.

Özbekiston Energetika vazirligining rasmiy bayonotiga