Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 6 kishi tomonidan zo‘rlanganini aytgan ayol tuhmat qilgan deb topildi
Videodan kadr
Sudlanuvchiga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bundan 6 oy muqaddam Andijon viloyati Andijon tumanida 6 nafar erkak dala shiyponida yosh kelin O.O.ning nomusiga tekkani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 6 kishi gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb etilgan. Oradan ma'lum vaqt o‘tib, andijonlik kelinning arizasidagi holatlar o‘z isbotini topmagani va uning tuhmat qilganligi holatiga huquqiy baho berish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilishi ma'lum qilingandi.
Andijon viloyat sudining Kun.uz’ga xabar berishicha, kelinning tuhmat qilganlik holati sudda ko‘rib chiqilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudining 2021 yil 10 sentyabrdagi hukmi bilan sudlanuvchi O.O. Jinoyat kodeksi 139-moddasi (tuhmat) 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilgan.
Sud tomonidan O.O.ga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, sud hukmiga nisbatan prokuror protest keltirgani sababli ish apellyatsiya sudida ham ko‘rib chiqilgan. Andijon viloyat sudining 2021 yil 4 noyabrdagi ajrimi bilan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Mavzuga oid:
«Odamlar bizni tinglamay xulosa chiqaryapti» — oilali ayolni zo‘rlaganlikda ayblanayotgan besh erkak
Mavzuga oid
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025