Afğonistonda hokimiyatni egallagan «Tolibon» radikal harakati Kobulda harbiy parad ötkazdi. Toliblar mamlakat poytaxtida marş qilib ötişdi, AQŞ harbiylari olib ketilişidan keyin qölga kiritilgan yoki avvalgi hukumat qoldirgan harbiy texnikalarni namoyiş etdi.
Jumladan, Kobul ustidan Rossiyada işlab çiqarilgan «Mi-8/17» vertolyotlari uçib ötgan.

Afğonistonning yangi hukumati vakilining aytişiça, parad yangi tayyorlangan 250 nafar jangçining «bitiruv kuni»ga töğri kelgan.
Ammo Reuters agentligi tahlilçisi Gibran Pişimamning hisoblaşiça, bu paraddan asosiy maqsad - butun dunyoga «Tolibon» endi şunçaki isyonçi guruh emas, balki muntazam armiyaga ega siyosiy kuç bölganini namoyiş etişdir.
Toliblar öz rejimi qudratini namoyiş etişga harakat qilayotgan bölsa-da, xalqaro gumanitar agentliklar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat halokatga yaqinlaşayotganini xabar qilişmoqda, oldindagi qişda millionlab afğonlarga oç qoliş xavfi tahdid solmoqda.
Namoyiş etilgan texnika va qurollarning katta qismi amerikaliklar ketgaç, qulab tuşgan avvalgi hukumat davrida Afğoniston armiyasi tasarrufida bölgan.

Kobuldagi asosiy magistral böylab AQŞda işlab çiqarilgan M1117 rusumli önlab zirhli texnikalar olib ötildi, ularning ustida esa rossiyaliklar tayyorlagan «Mi-8/17» vertolyotlari parvoz qildi. Parad iştirokçilari esa qöllarida Amerikada işlab çiqarilgan M4 rusumli vintovkalarni tutib olişgandi.
«Tolibon» rasmiylari avvalgi hukumat armiyasining harbiy mutaxassislari, xuddi uçuvçilar va mexaniklar kabi yangi qurolli kuçlar tarkibiga bosqiçma-bosqiç kiritib boriladi.
Ammo avvalroq rossiyalik mutaxassislar toliblar avvalgi afğon armiyasi aviatsiyasini jangovar şay holatda tutib turişiga şubha bildirişgandi, çunki buning uçun nafaqat uçuvçilar, balki sifatli texnik xizmat körsatiş hamda ehtiyot qismlar ham kerak böladi. «Rosoboroneksport» rahbari Aleksandr Mixeyev «Interfaks» agentligi bilan suhbatda aytişiça, Afğonistonning avvalgi hukumati qulagan mahalda u yerda 100ga yaqin «Mi-17» vertolyotlari qolgandi.






















