Markaziy bank ma'lumotlariga köra, 1 noyabr holatida Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,21 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç, 1 oktabr holatiga köra, 34,41 mlrd dollar bölgan. Raqamlar ötgan oyda Özbekistonning rasmiy zaxiralari 800 mln dollarga oşganini körsatmoqda.
Oktabr oyi davomida oltin hajmi 12,3 mln troya unsiyadan 12,1 mln troya unsiyaga (taxminan 6,2 tonna) kamaygan bölsa-da, uning qiymati 21,34 milliard dollardan 21,66 milliard dollarga köpaygan.
Şuningdek, xorijiy valuta aktivlari ham ötgan davr mobaynida 11,95 mlrd dollardan 12,41 mlrd dollarga oşgan.
Özbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma şakldagi monetar oltindan iborat.
Ma'lumot uçun, 1 noyabr holatida 1 unsiya oltinning narxi 1780 dollarni taşkil etgan.

















