Pul tölab avtomobil ololmayotganlar soni 90 mingga yaqinlaşdi. Bunday UzAuto Motors bizga kerakmi?
|01:02 / 16.11.202170 1239 min
Bir neça yildan beri işlab çiqarilayotgan avtomaşinalar sifatsizligi, qimmatligi, vaqti-vaqti bilan maşinalar narxi asossiz oşirilayotgani sababli UzAuto Motors kompaniyasi keskin tanqidlarga uçrab kelmoqda. Balki muqobil imkoniyatlardan foydalaniş vaqti kelgandir?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Turnaqator navbatlar
UzAvtoSavdo_bot ma'lumotlariga tayanadigan bölsak, ayni paytda pulini tölab, avtomaşinasini kutayotgan fuqarolar soni 88 932 nafarni taşkil etmoqda. Şundan (2021 yil 15 noyabr holatiga):
Lacetti uçun 38 462 nafar;
Damas uçun 27250 nafar;
Cobalt uçun 16 841 nafar;
Spark uçun 2935 nafar;
Nexia-3 uçun 2455 nafar;
Tracker uçun 989 nafar muayyan tölovni amalga oşirib, öz navbati kelişini poylamoqda.
Sotuvda narxi aksariyat özbekistonliklarning çöntagiga töğri kelmaydigan Malibu-2, Trailblazer, Equinox kabi avtomaşinalar bor, xolos. Kompaniya navbatlarni kamaytirişga va'da bergan bölsa-da, ular soat sayin ösişda davom etmoqda.
Soğlom raqobat şaroitidagi bozorda taklif qançalik köp bölsa, bu işlab çiqaruvçining manfaatlariga xizmat qiladi. Ammo bugun iste'molçilar oldida boşqa muqobil tanlov yöq. Şu sabab odamlar kompaniyaning haddan ortiq qoliplangan takliflarga könişga majbur.
Işlab çiqariş hajmi
Statqömga köra, Özbekistonda yengil avtomobil işlab çiqariş hajmi bir yil oldingiga qaraganda 31 foizga qisqargan: 2021 yil yanvar-sentabr oylarida 150 183 dona yengil avtomobil işlab çiqarilgan.
Taqqoslaş uçun, 9 oylikda işlab çiqarilgan yengil avtomobillar soni 2020 yilda (! ayni pandemiya davri) 217 771 dona, 2019 yilda esa 186 432 donani taşkil etgandi.
Talab yuqori bölgan ayrim turdagi avtomobil modellarini işlab çiqariş hajmi esa keskin kamayib ketgan. Xususan, dastlabki 9 oy davomida Spark işlab çiqariş qariyb 3 barobarga, Nexia-3 işlab çiqariş 3,2 barobar, Cobalt işlab çiqariş 27 foizga, Lacetti işlab çiqariş esa 24,8 foizga kamaygan.
Mavzuga oid
Kompaniya avtosanoatdagi keskin qisqarişni dunyo böylab kuzatilayotgan mikroçiplar tanqisligi bilan yuzaga kelayotganini bot-bot takrorlaşdan çarçagani yöq. Töğri, haqiqatan ham jahon miqyosida mikroçiplar tanqisligi kuzatilayotgani bor gap. Ammo erkin bozor muhiti şakllangan mamlakatlarda bu xaridorlar uçun noqulayliklar yaratayotgani yöq, çunki ularda tanlov imkoniyati bor.
Oldindan pulini tölab, avtomobilini ololmayotgan özbekistonliklar soni oşib borayotgan bir vaziyatda esa inqiroz tomon borayotgan UzAuto Motorsʼning Tojikiston va Turkmanistonda zavod oçiş böyiça tuzayotgan şartnomalarini tuşuniş uçun mantiq yetmayapti.
Ma'lumot uçun: UzAuto Motorsʼga 2021 yilning olti oyida 1,9 trillion sömlik (177,6 mln dollar) bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berilgan. Mazkur 1,9 trln sömlik imtiyozlarning asosiy qismi bojxona bojiga töğri keladi – 1,64 trln söm, şuningdek QQS – 255,6 mlrd söm, aksiz soliğidan – 356,7 mln sömlik imtiyoz berilgan. Ayni şu davrda esa UzAuto Motors 902 mlrd söm sof foyda olgan. Berilgan imtiyoz va preferensiyalar hamda kompaniya olgan foyda nisbati taqqoslanganda 1 trln söm zarar kelib çiqadi.
«Lafzsiz» monopolist
Bir neça oy oldin kompaniya tomonidan yangilangan Chevrolet Captiva taqdim qilinib, avtomobilni yetkazib beriş 2022 yildan boşlanişi közda tutilgandi. Natijada köplab insonlar aynan şu avtomaşina uçun şartnoma tuzişgan. Ammo bugungi kunga kelib, yangi maşina «bizning mintaqamizga töğri kelmasligi» vaji bilan xaridorlarga yangi Captiva yetkazib berilmasligi ma'lum qilinmoqda. Öz-özidan savollar paydo bölişi tabiiy: bozorga yangi maşina taqdim qilinib, şartnoma tuzilişidan oldin, mintaqaga töğri keliş yoki kelmasligi örganib çiqilmaganmi? Qaysi jihatlari va nima sababdan mintaqaga töğri kelmayapti?
Kompaniya paydo bölgan vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat e'lon qilgani ham yöq.
Bundan avval esa, UzAuto Motors oktabr-noyabr oylarida Lacetti va Labo yetkazib beriş böyiça şartnomalarini bajara olmasligini, şuningdek, Cobalt avtomobillarini örindiqni isitiş modulisiz sotişini ma'lum qilgandi.
«Özavtosanoat» monopoliyasidan eng köp norozilik 2020 yil davomida yuz bergan. Dastlab Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari kompaniya rahbariyati vakillari bilan uçraşuvda öz e'tirozlarini bildirişgandi.
Keyinroq, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasi avtomaşinalar narxi oşişini keskin qoraladi va UzAuto Motors’ni monopoliyada aybladi. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ham UzAuto Motors avtomobillari narxi oşirilişi yuzasidan keskin munosabat bildirib, iste'molçilar huquqlari kamsitib kelinayotganini ta'kidlagan edi.
Bizga UzAuto Motors kerakmi?
Bir neça yildan beri Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomaşinalar sifatsizligi, qimmatligi, vaqti-vaqti bilan maşinalar narxi asossiz oşirilayotgani sababli kompaniya keskin tanqidlarga uçrab kelmoqda.
Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning ta'kidlaşiça, UzAuto Motors bilan yuzaga kelayotgan muammolarning eng yaxşi va eng töğri yeçimini taşqi savdodan izlaş lozim. Ya'ni aynan taşqi savdoda muammolar bölgani bois içki bozorda bu kabi holatlar sodir bölmoqda.
«Keling, çegaralarni qisman oçiş qanday natijalarga olib kelişi mumkinligi borasida fikr yuritib köramiz. Tasavvur qiling, hukumat avtomobil olib kiriş uçun boşqa barça tösiqlarni olib taşlab, import qilingan avtomobil uçun 10 foizlik boj joriy qilsa hamda import qilinayotgan avtomobillar 15 foizga teng qöşilgan qiymat soliğini tölasa, unda kelib çiqadiki çegaradagi umumiy tösiqlar 25 foizni taşkil etadi (hozirgi holatdan taxminan 3-4 marta pastroq). Tösiqlar keskin pasayişi ortidan milliy zavodimiz çet ellik işlab çiqaruvçilarga içki bozorni butunlay boy bersa (ya'ni faoliyatini töxtatsa) hamda yengil avtomobillarning yillik iste'moli 350 mingtaga yetsa (albatta, iste'mol bu körsatkiçdan biroz kamroq yoki köproq şakllanişi ham mumkin), xöş bu qanday natijalarga olib keladi?
Agar import qilinadigan yengil avtomobilning örtaça narxi taxminan 10 ming dollarni taşkil etsa, unda yangi rejimda 10 foizlik bojlarning umumiy tuşumi 350 mln dollar yoki taxminan 3,7 trln sömni taşkil etadi. 15 foizlik QQSning umumiy tuşumi esa, 525 mln dollar yoki taxminan 5,6 trln sömni taşkil etadi.
Davlat soliq qömitasining ma'lumotlariga köra, 2020 yilda zavod tölagan soliqlarning jami miqdori 2 trln sömni taşkil etgan. Agar e'tibor qiladigan bölsak, QQSdan olinadigan tuşumlar zavod tölagan soliqlardan 2,8 marta köproq. Ya'ni agar hukumat yuqoridagi qarorni qabul qilsa, budjetga soliq tuşumlari kamaymaydi, balki qöşimça 3,6 trln sömga oşişi mumkin (bojlar bilan esa bu miqdor yanada köproq böladi). Öylaymanki, 10 foizlik boj tuşumlari ham hozir import qilinayotgan avtomobillardan tuşadigan tuşumdan ança köproq körsatkiçni taşkil qiladi (çunki ba'zi manfaatdor guruhlar, xususan, UzAuto Motors, turli imtiyozlar evaziga avtomobillarni bojlarsiz import qilmoqda).
Boşqaça aytganda, çegaradagi bojlarning men taklif qilayotgan darajaga tuşirilişidan davlat budjeti heç qanday yöqotişga uçramaydi, balki budjet daromadlari sezilarli miqdorga oşişi mumkin (kompaniyaga boğliq boşqa ehtiyot qismlar işlab çiqaruvçi zavodlardan keladigan soliq tuşumlari yöqolişini hisobga olgan taqdirda ham katta ehtimol bilan budjet daromadlarida ösiş kuzatiladi).
Xulosa şuki, avtomobil importi uçun çegaradagi bojlar darajasini qisman saqlab qoliş(jami tösiqlar taxminan 20-25 foiz atrofida), nafaqat iste'molçilarga katta yutuq beradi, balki bunday qarordan davlat budjeti daromadlarida ham sezilarli darajada ösiş böladi. Tabiiyki, umumiy farovonlik ham oşadi. Faqatgina bunday qarorni qabul qiliş uçun kuçli xohiş va iroda bölişining özi kifoya», deydi iqtisodçi.
Importga asoslangan avtomobilsozlik
Özbekistonda avtomobil işlab çiqariş boşlanganiga (1996 yil) 25 yil böldi. Bu davr mobaynida kompaniyaga köplab imtiyozlar taqdim qilindi, yengilliklar yaratib berildi va bu ayni paytda ham turli körinişlarda davom etyapti.
Özbekiston importi tarkibining sönggi 20 yildagi tahlili şuni körsatmoqdaki, import tarkibida maşinasozlik uskunalari uluşi barqaror ravişda 40 foiz darajada saqlanib qolmoqda. Şunga qaramay, eksport tarkibida maşina va uskunalar uluşi 2-3 foizdan oşmaydi.
Maşinasozlik mahsulotlari importi keskin oşib boriş xarakteriga ega bölib, bu körsatkiç yildan yilga ortib boradi, bunday holat esa iqtisodiyotning texnik va texnologik qayta jihozlanişiga olib kelmaydi. Natijada mahsulot özimizda işlab çiqarilayotgan bölsa-da, tannarxi evaziga ham yanada qimmatlaşib ketaveradi.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, içki işlab çiqaruvçimiz iste'molçilar talabini qondira olmayotgan bir şaroitda boşqa yaxşiroq imkoniyatlardan foydalaniş vaqti kelgandir, balki…
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi