Ma'lumotlarga köra, Tinç okeani flotining Toğli Qoraboğdagi tinçlikparvar bataloni “Superkalaşnikov” bilan qurollantirib bölindi. Şuningdek, avtomatni Qora dengiz flotining “qora beretlari” ham oladi.  

“AK-12’da an'anaviy Kalaşnikov avtomatining işonçli mexanik qismi saqlab qolingan va qayta işlangan. Buning evaziga avtomatning jangovar imkoniyatlari keskin oşgan. Avval bizning qurol AQŞ şturm miltiqlariga nisbatan kamroq darajada aniq bölgan bölsa, hozirda bu haqda umuman gap borişi mumkin emas. U şubhasiz “qora beretlar” bölinmasini kuçaytiradi”, deb aytgan harbiy ekspert Vladislav Şurigin.

Uning ta'kidlaşiça, yangi avtomatni Rossiya qurolli kuçlarining eng kuçli qismlari – maxsus kuçlar, desantura va dengiz piyoda qöşinlari olmoqda.

Mutaxassislar uşbu qurol dengiz piyoda qöşinlari jangovar qudratini oşirişi, çunki nafaqat umumqöşin janglarida, balki binolar va kemalarni duşman kuçlaridan tozalaşda ham qöl keladi.

Avtomatga har qanday kuzatuv qurilmalari – lazerli nişonga olgiçlar yoki fonarlar örnatilişi mumkin. Unga qöşimça oldi dastak, stvoli ostiga esa granatomyot ham örnatiş imkoni bor. Rossiya mudofaa vazirligida ta'kidlanişiça, avtomatning Rossiya qurollanişida bölgan asosiy avtomat AK-74M’ga nisbatan samaradorligi 2 marta oşgan. 

AK-12 “Kalaşnikov” konserni tomonidan “Ratnik” dasturi doirasida işlab çiqilgan. 2018 yil oxirida avtomat Rossiya armiyasi tomonidan qurollanişga olingan. 2020 yil avgustida konsern avtomatni yaqin xorijiy davlatlarga eksport qilişni boşlagan.