Rossiyaning Yekaterinburg aeroportida bojxonaçilar oltindan işlangan Kalaşnikov avtomatini Toşkentga olib ketişga uringan yölovçini qölga olişdi. Qayd etilişiça, antiqa qurolni sovğa sifatida Özbekistonga olib kelayotgan erkak aeroportning yaşil koridoridan ötişga uringan.

Rossiyalik erkak söroq vaqtida avtomat allaqaçonlar “otişga yaroqli qurollar röyxatidan çiqarilgani, unga zargarlar tomonidan işlov berilgani, u qurolni qadrdon döstiga sovğa sifatida olib ketayotganini bildirgan.

Rossiya Federal bojxona xizmatiga köra, avtomat 1974 yilda işlab çiqarilgan. Qurolning ayrim qismlari naqş tuşirilgan oltin bilan qoplangan, ba’zi qismlari esa qimmatbaho yoğoçdan yasalgan. Ta’kidlanişiça, Rossiya bozorida şunga öxşaş mahsulotlarning narxi 500 ming rublgaça boradi.

Qayd etilişiça, qurolning jangovar xususiyatlarini tiklaş imkoniyatlari bor yoki yöqligini baholaş uçun Kalaşnikov avtomati ekspertlarga taqdim etilgan.

Avvalroq Buxoro xalqaro aeroportida Rossiyadan töpponça olib kelayotgan şaxs uşlangandi.

Ötgan yili Samarqand, Andijon va Toşkent viloyatlaridagi bojxona postlarida qurol-yaroğ va öq-dorilar noqonuniy olib ötilişining oldi olingandi.

Toşkent aeroportida bojxonaçilar içiga qariyb 0,5 kg oltin yaşirilgan dazmolni aniqlaşgandi.