Video-konferens-aloqa tarzida ötkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinadi. Jumladan, senatorlar “Favqulodda holat töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun, “Gidrometeorologiya faoliyati töğrisida”gi qonunni körib çiqadi.
Şuningdek, “Intellektual mulk obektlari töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi, “Özbekiston fuqaroligi töğrisidagi qonunçilik takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi qonunlar ham kun tartibi doirasida muhokama etiladi.
Bundan taşqari, “Oğir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”gi, “Ösimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunlar senatorlar e'tibor markazida böladi.
Şuningdek, “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun ma'muriy jazolar liberallaştirilişi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun muhokama qilinadi.
Yalpi majlisda Inson huquqlari böyiça milliy markaz direktorining Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilişi holati haqidagi axborotini eşitiş rejalaştirilgan.
Senatorlar aholini içimlik suvi bilan ta'minlaşdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalarini körib çiqadi.
Şu bilan birga, homilador va reproduktiv yoşdagi ayollar hamda gödaklarga körsatilayotgan tibbiy yordam holati hamda yengil sanoat va çarm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat munosabatlari bilan boğliq masalalarda iş beruvçilarning mas'uliyatini oşiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovlari yuboriş masalalari muhokama etiladi.
Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining 2020 yil va 2021 yilning ötgan davridagi faoliyati yuzasidan hisobotini ham eşitiş rejalaştirilgan.

















