Uzbek.life jamoasi tomonidan yölga qöyilgan “Globus” loyihasi doirasida Kanada hukumati rasmiy saytidan uşbu mamlakatga immigratsiya qilişda foydalaniş tartibi öz ifodasini topgan.

Dunyoning eng yirik mamlakatlaridan biri bölgan Kanadaga boriş, u yerda hayot keçiriş köpçilikning orzusi ekanligi sir emas. Kanada öz iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini ta'minlaş maqsadida har yili 400,000 dan ortiq yangi immigrantlarni qabul qilişni maqsad qilib turgan bir paytda bu orzuning amalga oşişi birmunça oson tuyulişi mumkin.

Ammo, qöşni davlat – Amerikadan farqli ravişda Kanada immigrantlarni lotoreya orqali (“Green card”) tanlab olmaydi. Aksinça, mamlakatga keluvçi har bir immigrantni salohiyatiga köra turli kategoriyalarda baholab, şundan sönggina yaşaş imkoniyatini taqdim etadi.

Bevosita baholaş jarayoniga töxtaladigan bölsak, tizim “Comprehensive Ranking System” (“Keng qamrovli baholaş tizimi”) deb nomlanadi. Baholaş Kanadaga immigratsiya qilişni istagan fuqarolar uçun turli dasturlarda va bir neçta toifalarda amal qiladi. Masalan, “Federal darajadagi malakali işçilar dasturi” (“Federal Skilled Worker Program”)ga mos keliş uçun siz maksimal 100 balldan eng kamida 67 ball töplaşingiz kerak. Mazkur 100 ballni töplaş uçun zarur xususiyatlar va ular uçun ajratilgan ballar bilan quyidagi jadvalda tanişing:

Kanadaga köçib borişning bir qança yöllari mavjud. Işçi viza yordamida, talaba vizasi orqali, doimiy yaşaş uçun boriş dasturlari şular jumlasidandir. Uşbu vizalar haqida rasmiy, işonçli ma'lumotlarni, şuningdek, ariza topşiriş jarayonlari bilan boğliq foydali xizmatlarni Kanada hukumatining rasmiy veb-sayti bölgan Canada.ca portalidan topişingiz mumkin. 

Örni kelganda, uşbu saytga kirib, undan Kanadaga immigratsiya qilişda qanday foydalaniş mumkinligi töğrisida ma'lumot berib ötamiz. Ma'lumki, Kanada hukumatida ikkita rasmiy til mavjud: ingliz va fransuz. Sayt imkoniyatlaridan foydalaniş uçun özingizga qulay bölgan tilni tanlaysiz. 

Şunday qilib, siz Kanada hukumatining rasmiy veb-saytiga taşrif buyurdingiz. Sayt öziga xos dizaynga ega bölib, unda Kanadaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotiga doir ma'lumotlar va xizmatlarni öz içiga olgan bir qança bölimlar mavjud. Mazkur bölimlar orasida siz-u biz uçun eng qiziqarli va foydalisi, albatta,