Ushbu xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi PQ-4310 sonli “Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670 son “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.


Anjuman Toshkent farmatsevtika instituti rektori, t.f.d. Kamal Saidakbarovich Rizayev, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, t.f.d., professor, Amrillo Shodiyevich Inoyatov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Hikmatovich Kariyev, Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori farm. f.d., professor Igor Anatolevich Narkevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, k.f.d., akademik Shavkat Ismailovich Salihov, Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti rektori farm.f.d., professor Alla Anatoliyevna Kotvitska, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori t.f.d., professor Shomansur Shohsaidovich Sagdullayev, Budapesht “Labmagister Training and Science” OAJ Bosh direktori, dr. Endre Mikusning qutlov kirish so‘zlari bilan ochildi.

Konferensiya davomida O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Hindiston, Vengriya, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi mamlakatlar nufuzli oliygohlarining 120dan ortiq professori tomonidan quyidagi mavzularda plenar, seksion va devoriy ma'ruzalar amalga oshirilmoqda:
- Farmatsevtik ta'lim sohasidagi islohot, yutuqlar, muammolar, kelajak rejalari;
- Sanoat farmatsiyasidagi dolzarb muammolar;
- Farmatsiya marketing va menejment, milliy dori siyosatining ustuvor yo‘nalishlari;
- Dori vositalari sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikatlash;






















