Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bog‘cha rahbariyati tekshiruvchilardan yashirish maqsadida bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 oktyabr kuni viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Qarshi shahridagi 32-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish o‘tkazgan.
Xabarlarda tarqalgan holat, ya'ni bolalarni yashirish maqsadida hojatxonaga qamash ana shu 32-bog‘chani o‘rganish paytida kuzatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qashqadaryodagi bog‘chada sodir bo‘lgan ayollar janjali tafsilotlari ma'lum qilindi
Qashqadaryoda 100dan ortiq bog‘cha mudirasiga oylik maoshidan 30 foizlik ushlanma jazosi tayinlandi

















