Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanişiga sabab bölayotgan “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonunning 27-1-moddasini bekor qilişni sörab yuborilgan jamoaviy murojaatni veb-portalga joylaştiriş rad etildi.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali moderatori qabul qilingan paytidan bir yil muddat ötmagan hujjatga doir masala portalga joylaştiriladigan murojaatning predmeti bölişi mumkin emasligini bildirgan.
“Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar beriş va ularni körib çiqiş tartibi töğrisida”gi Nizomning 11-bandida “mazmuni va ma'nosiga köra veb-portalga kelib tuşgan, joylaştirilgan murojaatlarga öxşaş bölgan yoxud qabul qilingan paytidan e'tiboran bir yillik muddat ötmagan, vakolatli davlat organining qarori qabul qilib bölingan” murojaat “Mening fikrim” veb-portaliga joylaştiriladigan murojaatning predmeti bölişi mumkin emas.
Ya'ni, mazkur qoidaga muvofiq, Sizning 746-s-p/21-sonli murojaatingizda bildirilgan Özbekiston Respublikasining “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi Qonunining 27-1-moddasi (Özbekiston Respublikasi fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga işlov berişning alohida şartlari)ni bekor qiliş haqidagi taklifingiz 2021 yilning 16 aprelidan kuçga kirgan bölib, mazkur masala u kuçga kirgan sanadan e'tiboran bir yillik muddat ötgandan söng “Mening fikrim” veb-portalida körib çiqiladi. Şu munosabat bilan, murojaatingiz “Mening fikrim” veb-portaliga joylaştirilmasligi ma'lum qilinadi”, – deyiladi moderator javobida.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2019 yil 1 oktyabrdan “Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida”gi qonuni kuçga kirgan . 2021 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazining taşabbusi bilan qabul qilingan qonun asosida hujjatga bahsli 27-1-modda qöşilgan. Xorijdagi internet platformalaridan Özbekiston fuqarolarini şaxsiy ma'lumotlari joylaştirilgan serverlari olib kelişni talab qilayotgan uşbu modda 2021 yil 16 apreldan kuçga kirgan.













