AQŞ 2025 yildan Zumwalt sinfidagi esminetslarini, 2028 yildan esa Virginia sinfidagi atom suvosti kemalarini gipertovuşli raketalar bilan jihozlaşni boşlaydi. Bu haqda AQŞ harbiy-dengiz kuçlari strategik tizimlar dasturi direktori, vitse-admiral Jonni Vulf ma'lum qildi.

AQŞ harbiy-dengiz kuçlari tarkibida asosiy quroli 80ta Tomahawk qanotli raketasi bölgan Zumwalt sinfidagi ikkita esminets va 12ta ana şunday raketani taşuvçi 19ta Virginia sinfidagi atom suvosti kemasi bor.

Vitse-admiralning ma'lumot berişiça, bu yil gipertovuşli tizimlarning parvoz sinovlarini ötkaziş davom ettiriladi. 

Uning sözlariga köra, 1 oktyabrda boşlangan 2022-moliyaviy yilda harbiy-dengiz kuçlari ikki marta gipertovuşli raketalar sinovini ötkazişga tayyorlanmoqda.

U şuningdek, oktyabrda gipertovuşli tizimlar uç marta sinovdan ötkazilganini eslatib ötdi.