Özbekistonda yil boşidan beri salkam 1964 kişi yöl-transport hodisalari qurboni böldi. Kattagina qişloq, örtaça aholi punkti töliğiça qirilib ketganiga teng bu. Yana deyarli hammasi soğlom, ölimni tasavvur ham qilmay köçaga çiqqan insonlar ekanligi aniq. Eng dahşatlisi – ularning aksariyati bolalar, ota-onaning qalbida abadiy oğriqqa aylangan fariştalar.
Har yili noyabr oyining uçinçi yakşanbasi «Butunjahon yöl-transport hodisalari qurbonlarini xotirlaş kuni» sifatida nişonlanadi. Vaziyat öta jiddiyligidan şunday alohida sana ham qayd etilgan.
Kuni keça bu sana Özbekistonda ham ilk bor eslab ötildi, ötganlar yodga olindi.
Bizda hozir paradoksal vaziyat yuzaga kelgan:
1. Haydovçilarning bir-biriga hurmati borgan sari kamayayotgan;
2. Piyodalar hatto piyodalar yölagida ham qörqib, közlari olazarak bölib, yugurib ötadigan;
3. Rulni boşqargan odam borki asabiy, faqat özi aqlli, qolgan barça ahmoq hisoblanadigan;
4. Tezlik faqat radar bor joyda tuşiriladigan (haydovçilarning aksariyati “antiradar” moslamasi bilan jihozlanib olişgani bunga yaqqol misol);
5. Umuman, «GAI»ga tuşmaslik uçungina qoida buzilmaydigan davlatga aylanib qoldik.
Avtomobilini ajal quroliga aylanib uçirayotganlarning heç biri kimnidir urib ketgani va hayotiga zomin bölgani uçun jiddiy jazoga tortilmaydi. Qonuniy izoh bitta – qasddan sodir etilgan qotillik emas. Özbekona odamgarçilik ham bor – «Odam öldiraman deb köçaga çiqmagan-ku?!».
Lekin qaçongaça kattalarning aybi uçun bolalar, ulovlilar uçun piyodalar, qoidaga rioya qilib ketayotgan haydovçi «prava»ni sotib olgan va oşnasidan haydaşni örgangan «şöpir» uçun öz jonini qurbon qilib javob berişi kerak?
Ahvolimiz şundayki, na qoloq davlatlar singari izdan çiqib ketayotgan vaziyatni tan olamiz, na rivojlangan davlatlar kabi ölimlar sonini kamaytiriş va hatto butunlay yöqqa çiqarişga intilamiz. Doimiy bahonamiz tayin – «Avtomobillar kun sayin köpayib bormoqda, haydovçilik madaniyatimiz past, infratuzilmalar ustida işlaşimiz kerak...».
Şaharlarni töla-tökis avtomobillar ixtiyoriga topşirib böldik. Na piyoda uçun imkoniyat qoldirdik, na jamoat transporti uçun. Butun jahon kengaytirib borayotgan velosiped yölaklari haqidagi loyihalarimiz esa gapdan nariga ötmadi, bajarilgani ham şu darajada nönoqki, heç kim undan foydalanmaydi.













