O‘zbekiston | 13:17 / 22.11.2021
3283
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi institut tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika cud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.

Foto: kyrtag.kg

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak beradi.

Shuningdek, institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma'lumotlar yig‘iladi.

Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko‘rib chiqish va xulosa berish institut tomonidan amalga oshiriladi.

Institut direktori adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid