Salvador dunyodagi birinçi kriptovalutali şahar quriş uçun bitkoyn-obligatsiyalar çiqaradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukele e'lon qildi deb xabar berdi Reuters.
Şahar Bitkoyn Siti deb nomlanadi, u La-Yunion regionida bunyod etiladi.
Rejaga köra, şahar vulqondan geotermal energiya oladi, uning aholisi esa qöşimça qiymat soliğidan boşqa barça soliqlardan ozod böladi.
Bukelening qöşimça qilişiça, Salvador 2022 yilda dastlabki bitkoyn-obligatsiyalar çiqarişni rejalaştirgan.
Sentyabrda Salvador bitkoynni qonuniy tölov vositasi sifatida tan olgan dunyodagi birinçi mamlakat böldi va kriptovaluta sotib olişni boşladi.
Ekspertlarning fikriça, kriptovalutadan foydalaniş salvadorliklarga mehnat migrantlarining xorijdan pul ötkazişdagi komission xarajatlarida 400 mln dollargaça tejaşlariga imkon beradi,

















