Hujjatga köra, hududiy adliya organlari har yili 10 iyungaça yuridik texnikum bitiruvçilariga yöllanma beriş masalasini körib çiqiş uçun komissiya tuzadi. Bitiruvçilar yöllanma oliş uçun komissiyaga 20 iyungaça onlayn platforma orqali murojaat qiladi.
Arizalar 20 iyundan 30 iyungaça quyidagi asosiy talablar böyiça körib çiqiladi: har bir fan böyiça reytingi 71 va undan yuqori bölişi (sirtqi yoki masofaviy ta'limda öqiganlar uçun 85 va undan yuqori); çet tilini B2 va undan yuqori darajada bilişini tasdiqlovçi sertifikati bölişi; ma'naviy-ma'rifiy va jamoat işlari, loyihalar va tanlovlarda faol iştirok etgan, şaxsiy yutuqlar mavjud bölişi; içki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etişi kerak;
Yöllanma olganlar hujjatlarini 5-25 iyulda OTMga onlayn yuboradi. Yöllanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25 avgustda ötkaziladi. Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlaşdagi motivatsiya, şaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.
Suhbat natijalari 30 avgustgaça abituriyentni öqişga qabul qiliş uçun tegişli OTMga yuboriladi.

















