“Ayollarga nisbatan zöravonlikka qarşi eng oldingi safda kuraşayotgan barça fidoyi insonlarga çeksiz minnatdorligimni bildirmoqçiman”, – dedi “Birgalikda zöravonlikni yengamiz!” xalqaro forumida iştirok etgan Gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça komissiya a'zosi Saida Mirziyoyeva.

25 noyabr kuni öz işini boşlaydigan “Zöravonlikka qarşi 16 kunlik faol sa'y-harakatlar” kampaniyasi oldidan ötkazilgan mazkur tadbir Özbekiston ayollarini har qanday jabr-sitamdan himoya qilişga yordamlaşişni közlagan.
Unda Senat raisi, Gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça komissiya raisi Tanzila Norboyeva, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça komissiya a'zosi Saida Mirziyoyeva, senator va deputatlar, BMT Aholişunoslik jamğarmasining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu.Yu, BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, bir qator xalqaro taşkilotlar mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, hududlardan tegişli soha vakillari, nodavlat-notijorat taşkilotlari rahbarlari, Yoşlar parlamenti a'zolari qatnaşdi.

“Ming afsuski, gender zöravonlik global muammo. Biz jamiyatda bunday jirkanç zöravonlikka heç qanday holatda ham köz yumib turmaymiz. Öğil bolalarga qiz bolaga nisbatan kuç işlatmaslik kerakligini singdiriş zarur”, – dedi Mirziyoyeva forumdagi nutqida.
Şuningdek, Gender tenglikni ta'minlaş komissiyasi a'zosi yurtimizda ayollar huquqlarini ta'minlamasdan turib rivojlangan va gullab-yaşnayotgan jamiyatni qurib bölmasligini ta'kidlar ekan, özining har doim ayollar tomonda ekanligini ma'lum qilgan: “Men ayollarga nisbatan har qanday zöravonlik ildizini quritiş yölidagi kuraşda sizning oldingizda bölaman.
Har qanday körinişdagi zöravonlikni inkor etadigan, unga toqat qila olmaydigan muhit yaratiş lozim! Bunga faqat ta'lim va ommaviy axborot vositalari işini töğri yölga qöyiş bilan erişsa böladi”, – degan u.
















