«Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki 215,3 mlrd sömlik aksiyalari qöşimça emissiyasini joylaştirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bankning uşbu aksiyalarini Alişer Usmonovning USM holding kompaniyasi şu'ba korxonasi — «Telekominvest» MÇJ xarid qilgan.
«Kapitalbank»ning aksionerlari uluşida röy bergan sönggi özgarişga köp bölmadi. Joriy yil noyabr oyi boşida tijorat bankining 34,1 foiz uluşini Oybek Tursunov sotib olgandi va şu bilan Tursunov egalik qiladigan aksiyalar uluşi 50 foizga yetgandi. Uning qölidagi aksiyalar soni 164 927 890 donani taşkil qilmoqda
Alişer Usmonovga qaraşli kompaniyaga esa 65 973 307 dona aksiya ötgan.
Eslatib ötamiz, sentabr oyi oxirida USM Telecom (Alişer Usmonovning USM holdingi şu'ba korxonasi) va «Megafon» aloqa kompaniyasi (100 foiz uluşi USM Telecom’ga tegişli) Digital Holding qöşma korxonasiga asos solgan, uning tarkibiga Ucell aloqa operatori va boşqa qator mahalliy kompaniyalar kirgandi.












