“Tolibon” harakati mamlakatdagi oziq-ovqat inqirozi avvalgi rejim vaqtida paydo bölgan deb hisoblaydi. Bu haqda vaqtinçalik hukumat raisi mulla Muhammad Hasan Oxund ma'lum qildi.

“Afğoniston islom amirligi zimmasidagi barça majburiyatlarni bajaradi, ammo hozir mamlakatda amirlik hokimiyati örnatilguniga qadar paydo bölgan oçarçilik va narxlar ösişiga duç kelganmiz. Yaqin vaqt içida barça muammolarni hal qilamiz. Biz afğonistonliklar hayoti va mulki xavfsizligini ta'minlaymiz”, — dedi u.

U şu bilan birga, “Tolibon” şakllantirgan hukumat inklyuziv va ayollar huquqini ta'minlovçi ekanligini aytdi.

“Ta'lim öğil bolalar uçun ham, qizlar uçun ham majburiy hisoblanadi. Hozirda qizlarning islomiy me'yorlar asosida ta'lim olişiga mos keladigan şaroit yaratiş ustida iş olib borilmoqda. Ayollar huquqi qaysi vaqtda köproq hurmat qilingani borasida odamlar özlari xulosa qilsin: avvalgi rahbariyat davridami yoki hozirmi? Avvalgi hukumat inklyuziv edimi yoki hozirgisimi? Odamlar töğri xulosaga kelişi kerak”, — dedi vaqtinçalik hukumat raisi.