Navoiy viloyatining sobiq hokimi Qobul Tursunov 10 soat davom etgan jarrohlik amaliyotini boşdan keçirdi.
Kun.uz manbasiga köra, sobiq hokimda intubatsion narkoz ostida laminektomiyasi va bel sohasi umurtqalarini TPF - trans pedikulyar fiksator sistema bilan stabilizatsiya qiliş jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.
Amaliyot Navoiy viloyati Köp tarmoqli tibbiyot markazida Respublika ixtisoslaştirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori örinbosari, tibbiyot fanlari doktori Ravşan Yuldaşev va navoiylik neyrojarrohlar hamkorligida amalga oşirilgan.
Ta'kidlanişiça, hozirda bemorning ahvoli qoniqarli, keyingi reabilitatsiya muolajalari davom ettirilmoqda.
Qobul Tursunov 2021 yilning 8 noyabr kuni soğligi yomonlaşgani sababli vazifasidan ozod etilgandi. Keyinçalik sobiq hokim şu kuni farmoyiş çiqarib, bir qator taşkilotlarga jami 22 mlrd 491 mln söm mablağ ajratgani ma'lum böldi.
















