Qashqadaryoda joylashgan korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Getty Images
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda uning omborxonasining 200 metr kvadrat maydoni yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 30 noyabr kuni soat 11:41 larda Koson tumani FVBga tumanning Do‘stlik mahallasida joylashgan “Bunyodkor tekstil” MChJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng yong‘in yuz berayotgan joyga soat 11:50 da 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta qutqaruv mashinasi yetib borgan, soat 11:53 da yong‘in qurshab olinib soat 12:40 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida omborxonaning taxminan 200 metr kvadrat maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
-
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi
O‘zbekiston | 19:45
-
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:16
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025