Prezidentning “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Yuridik şaxslarga Özbekistonda konsorsium şartnomasiga muvofiq vaqtinçalik birlaşmalar tuziş huquqi beriladi.

Belgilanişiça:

  • konsorsium şartnomasi faqat tijoratçi taşkilot bölgan yuridik şaxslar örtasida aniq bir xöjalik vazifalarini bajariş va iştirokçilar faoliyatini muvofiqlaştiriş uçun tuziladi;
  • konsorsium şartnomasi tuziş va konsorsiumga yangi iştirokçini qabul qiliş faqat Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi hududiy bölinmalarining raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etilişi yuzasidan xulosasi olinganidan keyin amalga oşiriladi;
  • konsorsium öz maqsadiga resurslarni birlaştiriş va muayyan harakatlarni birgalikda bajariş orqali erişadi;
  • konsorsium iştirokçilari uning faoliyati bilan boğliq majburiyatlar böyiça solidar javobgar böladi;
  • vaqtinçalik birlaşma yuridik şaxs hisoblanmaydi.

2022 yil 1 iyuldan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan davlat iştirokidagi korxonalarning ijro etuvçi organi rahbari lavozimiga korporativ boşqaruv malaka attestati mavjud bölgan şaxslar saylanişi (tayinlanişi) mumkin.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan birgalikda talabgorlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida öqitiş böyiça maxsus öquv dasturlarini tasdiqlaş çoralarini köradi.