Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni “Yangi Özbekiston” massivlari qurilişiga oid loyiha taqdimoti bilan tanişdi.

Rasmiy relizga köra, yangi massivlar kelgusida 1 milliondan ortiq aholi uçun barça qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bölişi közda tutilmoqda. 2022 yilda 22 ta yangi massiv qurilişi reja qilingan.

Ayni paytda yangi massivlar uçun şahar yoki tuman markaziga yaqin, infratuzilmaga ega joylar tanlanib, dastlabki loyihalar şakllantirilgan.

Ta’kidlanişiça, quruvçi taşkilotlarga yengillik beriş maqsadida faqatgina köp qavatli uy-joy maydonining özi auksion orqali sotiladi. Tutaş maydonlar esa, quriliş bitganidan keyin, uy-joy mulkdorlariga umumiy foydalanişga beriladi. Tadbirkorlik uçun yer uçastkalari elektron onlayn auksion orqali ajratiladi.

Davlat rahbari mazkur yangi mavzelarda köplab maktab, boğça va tibbiyot muassasalari quriş böyiça körsatmalar berdi. Kiçik sanoat zonasi, tadbirkorlik obektlari taşkil etiş orqali kamida 50 mingta iş örni yaratiş mumkinligi ta’kidlandi.

Hudud rahbarlari qurilişni taşkil etiş rejalari yuzasidan axborot berdi.

Eslatib ötamiz, “Yangi Özbekiston” massivlari quriş dasturi 2 noyabrdagi videoselektorda muhokama qilingan edi. Şavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Özbekiston prezidenti lavozimiga kirişiş marosimidagi nutqida ham bu haqda aytgan edi.