“Içki işlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yönalişdagi bilimlarini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2022/2023 öquv yilidan içki işlar organlarida 3 yildan ortiq iş stajiga ega bölgan, kasbiga fidoyi, taşabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kiriş imtihonlarisiz sirtqi ta'lim şakliga öqişga qabul qilinadi: Jamoat xavfsizligi universitetiga; Toşkent davlat yuridik universitetiga; yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta'lim yönalişi mavjud bölgan boşqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Içki işlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qömitasining Bojxona instituti bundan mustasno).

Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga öqişga tavsiyanomalar beriş uçun komissiya taşkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan ötkaziladi. Tavsiyanomalar OTM örtasida teng taqsimlanadi.

Öqişga qabul qiliş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi hamda kontrakt mablağlari respublika budjeti mablağlari hisobidan tölab beriladi. Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari OTMning sirtqi ta'lim şakliga qabul parametrlaridan taşqari öqişga qabul qilinadi. 

2022 yil 1 maygaça 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma berilişi nazarda tutilgan. Tavsiyanoma asosida OTMda sirtqi ta'lim şaklida öqigan bitiruvçilarga içki işlar organlarida kamida 5 yil xizmat ötab beriş majburiyati yuklatiladi.