Qoraqalpoğistonda  381,2 mln sömlik budjet mablağini özlaştirgan mansabdorlar kirdikorlari foş etilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentiga asoslanib Xöjayli tumani hokimligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, holat böyiça departamentning Xöjayli tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Unda tuman hududida joylaşgan Respublika köp tarmoqli bolalar sanatoriyasi va “M.T.” MÇJ rahbari J.A. oldindan til biriktirib, uşbu sanatoriyaga şartnomada körsatilgan «MODeRN» dizaynidagi har xil ölçamdagi 600 mln söm pul mablağlariga arzon narxlarda 3 turdagi 218,8 mln sömlik etiketkalari bölmagan gilamlar yetkazib berilgan. Aniqlanişiça, jami 381, 2 mln söm budjet mablağlari talon-taroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Sud tomonidan aybdor şaxslar jazoga tortildi hamda 381,2 mln sömlik budjetga keltirilgan zarar undirilişi ta'minlandi, deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan oldin Kegeylida 5 ming dollar evaziga Milliy gvardiya tizimiga işga kiritmoqçi bölganlar qölga olingandi.