Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida yuk maşinasi bilan töqnaşgan Lacetti’da yonğin yuz bergan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun 2021 yil 3 dekabr kuni soat 06:38 da Jizzax viloyati FVBga 101 qisqa raqami orqali M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Ğallaorol tumani hududidan ötuvçi 1118-kilometrida yöl-transport hodisasi oqibatida yonğin sodir bölgani töğrisida ma'lumot kelib tuşgan.

Aytilgan joyga Ğallaorol tumani FVB qutqaruvçilar bölinmasi soat 06:51 da yetib borgan. Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida yonğin soat 06:57 da töliq bartaraf etilgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, Toşkent-Termiz yönalişida harakatlanib ketayotgan Lacetti maşinasi şu yönalişda harakatlanayotgan HOWO yuk maşinasi bilan töqnaşgan. Söng, Lacetti maşinasida yonğin yuzaga kelgan.

Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Hozirda körilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.