Kun.uz’ga navbatdagi murojaat Bulunğur tumani «Çorboğ» MFY aholisidan yöllandi. Murojaatda yozilişiça, bundan 3 oy avval tuman gaz ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan aholining 190 dona gaz balloni töldirib beriş uçun yiğib olib ketilgan. Ammo hanuzgaça töldirilgan holda qaytarib berilmagan.

«Biz Bulunğur tumani «Çorboğ» MFY fuqarosimiz. Tuman gaz ta'minoti xodimlari bundan uç oy avval 190ta gaz ballonini töldirib keliş uçun olib ketişgandi. Ammo hanuzgaça olib kelişmadi. Holat yuzasidan tuman gaz ta'minotiga köp marotaba bordik. Ular «gaz ballonlaringni olib ketganlar işdan böşab ketgan, biz bilmaymiz», deb javob berişyapti», deyiladi murojaatda.

Kun.uz «Bulunğurtumangaz» gaz ta'minoti filiali aholiga suyultirilgan gaz tarqatiş bölimi boşliği Ğayrat Isroilov bilan boğlanib, mazkur holat böyiça izoh oldi.

Ğayrat Isroilov «Çorboğ» MFYda yaşovçi aholi tomonidan yöllangan murojaatda keltirilgan vajlar asosli ekanini tasdiqladi.

Uning aytişiça, tuman gaz idorasi xodimlari «Çorboğ» MFYdan 194 dona gaz ballonini töldirib berişlarini aytib olib ketişgan va qaytarib berişmagan. Ularning xatti-harakatlari yuzasidan töplangan hujjatlar viloyat huquqni muhofaza qiliş organlariga topşirilgan.

Hozirda gaz ballonlarni olib ketib qaytarmagan xodimlar işdan böşatilgan.

«Bulunğurtumangaz» gaz ta'minoti bölimi boşliği Şerzod Öralov esa ayni kunlarda senatorlar va deputatlardan iborat işçi guruh Bulunğurda aholining gaz ballonlari özlaştirib yuborilgani yuzasidan örganiş olib borayotganini bildirdi. Uning ma'lum qilişiça, örganiş davomida yana boşqa mahallalarda ham gaz ta'minoti bölimi xodimlari tomonidan gaz ballonlari olib ketilib, qaytarib bermagani holatlari aniqlangan.