Hokim yordamçilari faoliyatini taşkil etiş böyiça respublika komissiyasi taşkil etildi, uning tarkibi tasdiqlandi. Respublika komissiyasi hokim yordamçilari faoliyatini samarali taşkil etiş maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvçi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining mas'ul xodimlarini har bir tuman va şaharga biriktiradi, ularning iş joyi, oylik iş haqi va boşqa ijtimoiy tölovlarini saqlab qolgan holda, biriktirilgan hududga bir yillik xizmat safariga yuborilişini ta'minlaydi.
Belgilanişiça, Respublika komissiyasi a'zolari şaharçalar, qişloqlar, ovullarda, şuningdek, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar hamda ovullardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça işlarni tizimli taşkil etadi; özi biriktirilgan hududdagi respublika vakillari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maqsadli körsatkiçlarga erişilişi uçun mas'ul va javobgar böladi; Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari bilan birga özi biriktirilgan hududga ajratilgan mablağlarning tuman va şaharlar kesimida taqsimlanişini ta'minlaydi.
Respublika vakillari tuman (şahar) hokimining birinçi örinbosari bilan birga markazlar hamda hokim yordamçilari faoliyatiga kömaklaşadi; har kuni bitta mahallaga çiqqan holda kamida önta xonadonga şaxsan taşrif buyurib, mavjud holatni hokim yordamçilari bilan birga örganadi, aholiga amalga oşirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tuşuntiradi, aniqlangan muammolarni joyida hal qiliş çoralarini köradi; hokim yordamçilari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yönalişlarini belgilaydi, xonadonbay röyxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlaydi hamda oyma-oy amalga oşiriladigan çora-tadbirlar rejasini işlab çiqadi.
Hokim yordamçilari mahalladagi işsiz aholini iş bilan ta'minlaş, ularga doimiy daromad manbaini yaratişga kömaklaşiş uçun ustuvor ravişda mahalladagi muvaffaqiyatga erişgan tadbirkorlik sub'yektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi; respublika vakillari bilan birgalikda öziga biriktirilgan mahallani rivojlantiriş böyiça 2022 yilga möljallangan “Yöl xaritasi”ni işlab çiqadi va ijrosini ta'minlaydi; ajratilayotgan resurslardan samarali foydalaniş yuzasidan doimiy monitoringni amalga oşiradi; amalga oşirilgan işlar natijadorligi yuzasidan tuman (şahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari bilan birgalikda doimiy ravişda hokimga hisobot berib boradi.

















