Qoraqalpoğistonda MÇJ nomidagi mulklarni sotib yuborgan firibgarlar aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, departamentning Xöjayli tumani bölimi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda “K.M.” va “N.S.” MÇJlarning sobiq rahbarlari oldindan til biriktirib, “K.M.” MÇJning 51,9 foiz uluşi “L.F.” MÇJga tegişli bölişiga qaramasdan, MÇJning umumiy qiymati 991,7 mln sömlik işlab çiqariş sexi va qöşimça imoratlarini soxta yiğiliş bayonnomasini rasmiylaştirib, qalbaki hujjatlar orqali firibgarlik yöli bilan fuqaro S.S.ning nomiga ötkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Bundan oldin Xöjaylida 381,2 mln sömlik budjet mablağini özlaştirgan mansabdorlar aniqlangandi.

















