E’tibor berdingizmi, oxirgi paytlarda OAVda ekologiya, 200 million daraxt, yaşil makon, 8 foizdan 30 foizga, çang-ğubor, suv tanqisligi, yerosti suvlari, karerlar kabi sözlar ança urçidi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilişga doir yaxşi taşabbuslar ilgari surildi, öqib kişi xursand böladi-ya! Ammo bilasizmi, xursand bölişga arzigulik işlar qilinmadi hali. Xafa bölişga, dod solişga arzigulik işlar esa keragidan ortiq.

Yangi yaşil hududlar yaratiş, daraxtlar ekiş va suvni asraş zarurligi haqida gapirilayotgani yaxşi albatta, lekin undan ham oldin mavjud yaşillikni asrab qoliş haqida boş qotiriş töğriroq emasmi?

Aftidan ayrim rahbarlar “Yaşil makon” umummilliy loyihasini pul qilişning yangi sxemasi, deb öylaşyapti çoği. Axir yiliga 200 million tup köçat, ularni suğoriş va yangi boğlar barpo etiş xarajatlari hazilakam pul bölmaydi. Biroq yangisini qurişdan avval eskisini asraş, borini avaylaş haqida ham öylab köramizmi?

“Abgor manzillar” körsatuvining ilk sonida hududining katta qismi yopiq qarorlar bilan bölaklarga bölib, sotib yuborilgan Abdulla Qodiriy nomidagi boğ haqida qayğurgandik. Ekologiya qömitasi boğdagi ahvolni önglaş böyiça davomli çoralar körişini ma’lum qilgan.

“Abgor manzillar”ning bu soni yana bir boğ haqida. Poytaxtning TTZ mavzesida joylaşgan Ğafur Ğulom nomidagi boğning şoxobçasi bölmiş mö’jaz boğ körsatuvimiz nomidagi sözdek bölib yotibdi. 1 gektarga yaqin yaşil hudud 2019 yildan keyin qarovsiz qolib ketgan. E’tibor bering, öz-özidan şu holga kelmagan, aksinça, kimningdir buyruği bilan boğ salkam buzib taşlangan. Kalavaning uçi yana şahar hokimligiga borib taqalyapti.

Avvaliga Madaniyat vazirligiga tegişli hudud, deb bilganimiz holat suriştiruvlardan keyin Toşkent şahar hokimligi balansida ekani va “Yagona buyurtmaçi” injiniring kompaniyasi tomonidan bu yerda nimalardir qurilişi belgilangan bölişi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bilan töldirildi. Şahar hokimligi mas’uli bu boradagi savollarimizni rasmiy xat sifatida yöllaşimiz kerakligini bildirdi. Biz hokimlikning xatimizga javobini tez orada saytimizda e’lon qilamiz, degan umiddamiz.