Qayd etilishicha, joriy yilning 7 dekabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida Rossiya kompaniyasi samolyotining ilk parvozi suvli arkada kutib olingan.

Volgograd – Farg‘ona – Volgograd qatnovi haftaning seshanba kunlari A320 va A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Rossiyaning beshta aviakompaniyasiga mamlakat aeroportlariga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergandi

S7 Airlines aviakompaniyasining O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha tasdiqlangan yo‘nalishlar quyidagicha: Moskva – Samarqand – Moskva; Moskva – Buxoro – Moskva; Moskva – Urganch – Moskva; Irkutsk – Farg‘ona – Irkutsk; Novosibirsk – Buxoro – Novosibirsk; Novosibirsk – Namangan – Novosibirsk; Novosibirsk – Farg‘ona – Novosibirsk yo‘nalishlarida haftasiga 1 tadan reys.