Fransiya imperatori Napoleon I Bonapart kiygan şlyapa Fransiyadagi Osenat auksionida 1 mln 932 ming yevroga (2,11 mln dollar) sotildi. Auksion taşkilotçilariga köra, bu – Napoleon I ning şlyapalari uçun rekord narx.
Boş kiyim 600-800 ming yevro boşlanğiç narxda sotuvga çiqarilgan. Bungaça u fransuz sanoatçisi Jan Lui Nuazening kolleksiyasiga kirardi. Xaridor kimligi oçiqlanmayapti. Ğolib tomonidan berilgan 1 932 ming yevro taklifdan oldingi narx 1 884 ming yevro bölgan.
Auksion taşkilotçisining vakiliga köra, qora rangdagi, öziga xos şaklga ega şlyapa Napoleonning öziga xos belgisi bölgan: u butun umri davomida bunday şlyapalardan qariyb 120 tasini kiygan.

















