Samarqand xalqaro aeroporti 10 dekabrdan boşlab xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar uçun oçiladi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, ayni paytda yangi aerodrom majmuasi qurilişi töliq yakunlangan. Uning tarkibida uzunligi 3 105 metr va eni 60 metr bölgan yangi uçiş-qöniş yölagi, yangi qayrilib oliş yölaklari va 24 ta samolyot siğadigan perron mavjud.

Şuningdek, aerodrom majmuasida ICAO’ning ikkinçi toifasiga mos keladigan zamonaviy energiya tejovçi yoruğlik çiroqlari bilan jihozlangan qöniş tizimi örnatilgan.

Qayd etilişiça, aerovokzal majmuasi qurilişi davom etmoqda.

Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar vaqtinça yopilişi ma’lum qilingandi. Keyinçalik bu muddat 15 dekabrgaça uzaytirilgan edi. Şu munosabat bilan Samarqand xalqaro aeroportining aviaqatnovlari vaqtinça Navoiy, Buxoro, Qarşi xalqaro aeroportlariga yönaltirildi.