Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanidagi maşina 6-maktabning ikki nafar öquvçisini urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Haydovçi MY5 telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, keçki soat 18:00 atrofida 30–40 km/soat tezlikda ketayotgan bölgan. Uning sözlariga köra, ikki voyaga yetmagan bola boşqa avtomobildan qoçib, maşina yöliga çiqib qolgan va yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Haydovçi bolalarning birini öz maşinasida şifoxonaga olib borgan, ikkinçi öquvçi esa tez tibbiy yordam maşinasida olib ketgan. Bolalarning biri vafot etgan, ikkinçisining ahvoli esa oğirligiça qolmoqda.
Uşbu hodisadan söng viloyat YHXB tomonidan tezkor ştab tuzilib, YTH sabablari örganilgan. Ma'lum bölişiça, avtohalokat sodir bölgan köçada yöl yoritiş çiroqlari örnatilmagan. Yölning qatnov qismida esa notekisliklar mavjud bölgan.
Hodisadan bir kun ötib, bu yöllarni tekislaş, sun'iy notekisliklar yotqiziş işlari boşlab yuborilgan. Endilikda mahallaning 1,5 kilometrli markaziy köçasiga yoritkiç çiroqlari ham örnatilişi ma'lum qilingan.

















