Baxtiyor Fozilov – Özbekistonda ERIELL Guruhining ilk odimlari va kelajagi haqida
|15:59 / 14.12.202133 29813 min
ERIELL Guruhi Boşqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov / Foto: ERIELLERIELL Guruhi Boşqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov / Foto: ERIELL
Sönggi yillarda Özbekiston taraqqiyotining barça jabhalarida ijobiy ösiş kuzatilmoqda. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatimiz aholining turmuş darajasini yaxşilaş va iqtisodiyotini kötariş masalalariga ustuvor ahamiyat berib kelmoqda.
Islohotlar jarayonlari mamlakatning yoqilği-energetika majmuasini ham çetlab ötmadi. Bu muhim qadamlar aholi ehtiyojlari va respublikaning energiya zaxiralariga bölgan talablarini qondiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.
ERIELL Guruhi Boşqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov Kun.uz jurnalisti bilan intervyuda neft va gaz bozoridagi faoliyat qanday olib borilayotgani töğrisida sözlab berdi.
ERIELL'ning taşkil etilişi
ERIELL guruhi neft xizmatlari körsatiş sohasida 17 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya bozorga çiqqan paytda 10 nafar xodimga ega bölgan bölsa, hozirgi kunga kelib kompaniyada 11 ming nafar xodim mehnat qilmoqda.
Şu davr içida kompaniya tomonidan 45 ta loyiha amalga oşirildi, 10,5 million metr yer burğilaş işlari amalga oşirildi, 3000 dan ortiq neft va gaz quduqlari qurildi.
ERIELL Özbekistonning yetakçi neft va gaz qazib oluvçi kompaniyalari uçun murakkab toğ- geologik va iqlim şaroitlarida ekspluatatsiya va qidiruv (razvedka) quduqlarini burğilaş böyiça xizmatlar körsatadi. Bu «Özbekneftgaz» AJ, «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani», Surhan Gas Chemical Operating Company, Gazli Gas Storage, Uz-Kor Gas Chemical, Natural Gas Stream, Sanoat Energetika Guruhi kabi kompaniyalardir. Bundan taşqari, mutaxassislarimiz Rossiyaning «Gazprom», «NOVATEK», «Gazprom neft», «Rosneft», «LUKOYL», «Açimgaz», «Gazprom Interneşnl», Petronas kabi kompaniyalarining loyihalarida ham faoliyat yuritadilar. Şuningdek, kompaniyamiz Iroq va Bangladeş davlatlarida ham samarali mehnat qilib kelmoqda.
Uglevodorodlar qazib oliş şaroitlari ERIELL'ning işiga qanday ta’sir körsatadi?
Hammamizga yaxşi ma’lumki, osongina gaz va neft qazib oliş davri allaqaçon ötib ketgan. Bugungi kunda aksariyat mamlakatlar uçun muqobil manbalarni izlab topiş masalasi dolzarb bölib turibdi. Özbekiston ham ana şu davlatlar qatoridan joy olgan. Ammo, yaqin orada uglevodorodlarning örnini butunlay almaştiriş imkoni mavjud emas. Ulardan nafaqat energiya, balki hayot uçun zarur bölgan köplab boşqa mahsulotlarni ham işlab çiqariş uçun foydalaniladi. Şuning uçun barqaror ravişda neft va gaz qazib oliş masalasi dolzarbligiça qolmoqda.
Mavzuga oid
Konlar köpinça ötiş qiyin bölgan geologik tuzilmalar va geografik nuqtalarda uçraydi. ERIELL mutaxassislari ana şunday oğir şaroitlarda işlaş böyiça yuqori malaka va iş tajribasiga ega ekanligini mamnuniyat bilan qayd etişni istardim. Bunda burğilaş uskunalari parkini muntazam yangilab boriş va modernizatsiya qiliş, şuningdek, jarayonlarni maqbullaştiriş ustida doimiy işlaş, yangi texnologiyalarni joriy etiş va taşkiliy jihatdan rivojlaniş muhim omillardan biri hisoblanadi.
ERIELL guruhi ixtiyorida 75 ta burğilaş uskunalari mavjud. Ularning orasida yengil mobil asbob-uskunalardan tortib oğir - yuk kötariş quvvati 650 tonnagaça bölgan uskunalar, şuningdek, Arktikaning ekstremal şaroitlari uçun maxsus tayyorlangan töliq yopiq burğilaş uskunalari bor.
Kompaniyamiz muntazam ravişda texnika parkini yangilab, modernizatsiya qilib boradi va burğilaş uskunalari işlab çiqaruvçilari bilan hamkorlikda yangi loyihalar talabiga muvofiq konstruksiyalarni takomillaştirib boradi.
ERIELL Rossiya bozoridagi mustaqil kompaniyalarning yetakçi uçligiga kiradi va Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Şarq mamlakatlarining loyihalarida faoliyat yuritib, dunyoning neft va gaz sohasida xizmat körsatuvçi kompaniyalari bilan bemalol raqobatlaşa oladi.
ERIELL'ning taşkil etilişi qanday şaroitlarda amalga oşirilgan?
Kompaniya 2000-yillarning boşida taşkil etilgan. Özbekistonda konlarni özlaştirişdagi asosiy muammo juda çuqur joylaşgan neft va gaz qatlamlarini oçiş imkonini beruvçi texnologiyalarni tanlaş masalasi bölgan. Qatlamlar ötiş qiyin bölgan stratigrafik qavatlar tagida joylaşgan bölib, bunda quduqlar devorlari yemirilgan, qatlamlarning anomal yuqori bosimga ega bölgan jinslarning siljuvçanligi va boşqa qöşimça ta’sirlar şaroitlarida burğilaş işlari amalga oşirilar edi. Bularning barçasi quduqlar qurilişida texnik-iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir körsatar edi.
Bu masalalarni hal etiş uçun mutaxassislar guruhi şakllantirildi. Ular AQŞ va Yevropa davlatlarining ilmiy-texnologik va injiniring kompaniyalari tajribasini örganib, tizimlaştirdi va mintaqadagi konlarda murakkab quduqlarni burğilaş bilan boğliq bölgan mutlaqo yangi loyihalarni işlab çiqişni boşladi.
2003-2008 yillarda Özbekistondagi qazib olinişi qiyin bölgan gaz zaxiralariga ega konlarda çuqurligi 4500 m dan ortiq bölgan quduqlarni burğilaş bilan bir qatorda kompaniya mutaxassislari tomonidan tezligi yuqori bölgan burğilaş texnologiyalari işlab çiqildi. Mazkur çora-tadbirlar ERIELL'ga buyurtmaçilardan ularning loyihalarida iştirok etiş uçun kelib tuşayotgan takliflarga xizmat qildi.
Yetakçi neft va gaz kompaniyalari uçun asosiy burğilaş pudratçisi böliş maqsadiga qat’iy rioya qiliş quduqlar qurilişini iş jadvalida belgilangan muddatdan oldin tugatib, loyihalardagi buyurtmaçilar reytinglarida eng yaxşi burğilaş brigadasi böliş imkonini beradi.
Özbekistondagi loyihalar ustida işlaş vaqtida qanday geologik muammolarga duç kelinmoqda?
Özbekistondagi konlarda işlaş qator murakkabliklarga ega. Anomal darajadagi yuqori yoki past qatlam bosimi, serovodorod va karbonat angidrid agressiyasi, tuzli va angidrid qatlamlari ötişi şular jumlasidan.
Qiyinçiliklarga şuningdek neft va gazning çuqur joylaşuvini ham kiritiş mumkin. Mutaxassislar öta çuqur quduqlarni burğilaşi, burğilaş eritmasini qisman yutadigan zonalardan ötişga töğri keladi. Biroq, xodimlarning tajribasi barça qiyinçiliklarni yengib ötib, buyurtmalarni sifatli bajariş imkonini berayotganini qayd etişim lozim.
ERIELL'ning Özbekistondagi faoliyati bilan boğliq asosiy yutuqlar
ERIELL'ning Özbekiston bozoridagi yuqori raqobatbardoşligi va buyurtmaçilar işonçini qozonganini asosiy yutuq sifatida e’tirof etiş lozim.
Yana bir afzallik va yutuq sifatida qiya yönaltirilgan burğilaş böyiça şaxsiy xizmatning yölga qöyilişini e’tirof etiş lozim. Bugungi kunda xizmat ISO 9001 va API Q2 böyiça oldindan sertifikatlaşni olişga taraddud körmoqda.
ERIELLning salmoqli yutuği sifatida Özbekiston va Örta Osiyoning eng murakkab konlaridan biri – qatlam bosimi 65 Mpa, gaz tarkibida serovodorod va karbonat angidrid gazi bölgan «Mustaqillikning 25 yilligi»da amalga oşirilayotgan işlarni e’tirof etiş mumkin. ERIELL mutaxassislari uçta sermahsul gorizontlarni hamkorlikda oçişni muvaffaqiyatli ravişda amalga oşirib, sutkalik kovlab boriş böyiça bir neçta rekordni örnatdi.
Simsiz ma’lumotlar uzatiş va raqamli qayd etiş tizimiga ega, real vaqt rejimida ma’lumotlarni sinovdan ötkaziş va tahlil qilişga möljallangan Özbekistondagi birinçi uskunadan foydalaniş ERIELL uçun navbatdagi yutuq böldi. Bu majmua qisqa muddatlarda kon zaxiralari va salohiyati töğrisida ançayin keng tasavvurga ega böliş imkonini bermoqda.
Kompaniya yutuği sifatida şuningdek şaxsiy öquv markazi taşkil qilinişini ham e’tirof etiş mumkin. U uçta joyda oçilgan. Biri Toşkentda joylaşgan – u yerda xodimlar professional va boşqaruvga oid bilimlarini rivojlantirmoqda. Qolgan ikkitasi Qarşi (Özbekiston) va Novyy Urengoy (Rossiya)da joylaşgan. Ularda işçi va muhandislar tahsil olib, kasbiga doir bilimlarini oşiradi, sinfda, trenajyorlarda va öquv burğilaş uskunasida xavfsiz işlaş malakalarini çarxlaydi.
2013 yildan boşlab ERIELL prof education öquv markazida Xalqaro burğilaş pudratçilari assotsiatsiyasi (IADC) tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan WellSharp va RigPass dasturlari böyiça öquv kurslari taşkil etilmoqda. Öqitiş davomida amaliy asboblar sifatida zamonaviy uskunalar – quduqni burğilaş va real vaqt rejimida nazorat qiliş uçun DrillSIM 20 trenajyori, VRDS iDrill virtual reallik simulyatoridan foydalaniladi.
Öquv markazida işçi va mutaxassislar 20 ta yönaliş böyiça malaka oşiradi. Öquv dasturlari nazariya va amaliyot örtasidagi muvozanatni saqlagan holda tuzilgan. Şuning uçun öqituvçilar orasida nafaqat professional murabbiylar, balki ERIELL Guruhining katta amaliy tajribaga ega ekspertlari ham bor.
Kompaniya logistika muammosini qay tariqa hal qiladi?
ERIELL neft va servis bozorida yetarliça uzoq vaqt davomida faoliyat yuritayotgani bois kompaniya aniq logistika rejasini işlab çiqqan. Yetkazmalar juğrofiyasi dunyoning deyarli barça qit’alarini qamrab olgan, materiallar nomenklaturasi esa qariyb 15 mingta pozitsiyadan iborat.
ERIELL Guruhi xavfli va öta xavfli, şuningdek unçalik katta bölmagan yuklarni muvaffaqiyatli ravişda transportirovka qiladi. Bundan taşqari, biz bitta lotda 150 ta transport birligiga yetadigan pozitsiyalarni kompleks ravişda taşişni amalga oşiramiz.
ERIELL'ning ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasi masalalaridagi xatti-harakatlari qanday?
Kompaniyamiz ijtimoiy mas’ul biznesning qat’iy tamoyillariga amal qiladi. Bu tuşunça ostida iqtisodiy ösişning muvozanatlaşgan, ijtimoiy jihatdan maqbul hamohangligi va bölajak avlodlar uçun qulay atrof-muhitni saqlaş tuşuniladi. ERIELL muntazam ravişda işlab çiqariş va ekologik xavfsizlik ustida işlab, barça obektlarda xavfsiz mehnat şaroitlarini ta’minlab kelmoqda.
Xavfsizlik borasidagi konsepsiyani amalga oşiriş uçun ERIELL tomonidan ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, OHSAS 18001:2007, ISO 50001:2011, ISO 45001:2018 xalqaro standartlari, IADC va OGP tamoyillari, davlat va tarmoq qoidalari va reglamentlarini hisobga olgan holda şakllantirilgan integratsiyalaşgan menejment tizimi joriy etilgan.
Kompaniya ilğor texnologiyalar – ambarsiz burğilaş usuli, burğulangan jins, burğilaş eritmalari va burğilaş oqova suvlarini tozalaş tizimidan foydalangan holda ekologiyaga ta’sir bilan boğliq barça xatarlarni minimallaştiradi.
ERIELL va uning xayriya faoliyati
ERIELL köp yillar davomida xayriya faoliyati bilan şuğullanib kelmoqda. Biz APLA jamoatçilik birlaşmasi, Toşkent viloyati ixtisoslaşgan bolalar uyi, “Mehribonlik” ijtimoiy kömak beriş jamiyati, Respublika ixtisoslaşgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boşqa taşkilotlarga yordam berib kelmoqdamiz. Biz nafaqat ommaviy, balki manzilli ravişda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga muntazam yordam qölini çözib kelmoqdamiz. Közi ojizlar kuni, Nogironlar kuni, Bolalarni himoya qiliş kuni singari xalqaro sanalarga bağişlangan aksiyalar ötkazmoqdamiz. Ikkinçi jahon uruşi faxriylarini ham yoddan çiqarmagan holda har yili ularning holidan xabar olib, sovğalar ulaşib kelamiz. Umuman olganda bunday loyihalar juda köp va biz yoşi va ijtimoiy holatidan qat’i nazar qandaydir yordamga muhtoj kişilarga e’tibor qaratiş muhim, deb bilamiz.
ERIELL'ning Özbekistondagi kelajagi qanday?
Biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tubdan isloh qilinayotgan davrda yaşamoqdamiz. Kompaniyamiz esa işlab çiqariş kuçlarini innovatsion jihatdan yangilaş va jamiyatni ijtimoiy jihatdan qayta quriş avangardini boşidan keçirmoqda.
ERIELL eng yangi texnologiyalari doimiy ravişda özlaştirişni maqsad qilgan, işlab çiqariş samaradorligini oşirib, mehnatni taşkil qilişning progressiv şakllarini joriy etmoqda. Bu öz navbatida yuksak darajadagi ijtimoiy şeriklik va korporativ madaniyatni uşlab turiş imkonini bermoqda.
Kompaniya yoş kadrlarni jalb qilişga intilmoqda va bunda özbekistonlik iqtidorli yoşlarni izlaş va rivojlantirişga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Zero, yoşlar işlab çiqariş raqobatbardoşligini oşiriş böyiça strategik rejalarni röyobga çiqarişga yordam beradi.
Uzoq muddatli istiqbolda Özbekistonning yoqilği tarmoği yuqoritexnologik neft-kimyo klasterlarini yaratişga yönaltiriladi. Bu öz navbatida an’anaviy va muqobil energiya taşuvçilarini qayta işlaş asosida yuqori sifatli mahsulotlar, şuningdek qattiq maişiy çiqindilarni qayta işlaş asosida muqobil yoqilği turlarini işlab çiqariş uçun turtki böladi. Mamlakat rahbariyati tomonidan geologiya-qidiruv işlari hamda neft va gaz tarmoğiga investitsiyalar jalb qilişga katta e’tibor qaratilmoqda. Keng kölamli iqtisodiy va qonunçilik islohotlari amalga oşirilmoqda. Bularning barçasi oldimizga zamon bilan hamnafas böliş va barça yönalişlarda ilğor böliş vazifasini qöymoqda.