Bloomberğning yozişiça, NSO Group rahbarlari korxonani sotiş haqida öylamoqda. Kompaniya AQŞ Savdo vazirligining qora röyxatiga kiritilgani va Apple tomonidan sudga berilganidan keyin iqtisodiy inqiroz yoqasiga kelib qolgan. Naşrning yozişiça, qator investitsion fondlar bilan korxona qarzlarini moliyalaştiriş yoki uni töğridan-töğri sotiş böyiça muzokaralar ötkazilgan.

Isroil kompaniyasini moliyalaştirişga AQŞning ikkita fondi qiziqiş bildirgan. Ular NSO Group ustidan nazoratni qölga olib, Pegasus dasturidan telefonlarni kuzatiş uçun foydalanişga çek qöymoqçi. Investorlar 200 million dollar ajratib, Pegasus dasturini kiberxavfsizlik va dronlar işlab çiqarişga yönaltirmoqçi.

Ikki yil avval NSO Group 1 milliard dollarga baholanayotgandi. Pegasus dasturi faoliyati oşkor bölgaç, kompaniya qiyin ahvolda qoldi. Çunki daromadning yarmi aynan şu josuslik dasturi hissasiga töğri kelardi.

Pegasus dasturi orqali köplab davlatlarning xavfsizlik xizmatlari jurnalistlar, huquq faollari va hatto davlat rahbarlarining telefonini noqonuniy buzib kirgani haqida iyul oyida Fransiyaning Forbidden Stories naşri suriştiruvida ma’lum bölgandi. Amnesty International va 17 ta jurnalistik taşkilotlar hamkorligida ötkazilgan suriştiruvda kamida 11 ta davlat xavfsizlik xizmatlari dasturdan foydalangani aniqlangan.

Washington Post telefonlarni simkartasi orqali buzib kiruvçi Pegasus dasturidan 45 ta davlat foydalangani, ular orasida Özbekiston ham borligini yozgandi. Ozarboyjon, Bahrayn, Vengriya, Hindiston, Qozoğiston, Meksika, Marokaş, BAA, Ruanda, Saudiya Arabistoni Pegasus'dan eng köp foydalangan davlatlar ekani aniqlangan. Bloomberg yaqinda Pegasus orqali AQŞ davlat departamentining kamida töqqiz nafar xodimiga tegişli telefonlar buzib kirilgani haqida xabar qilgan.

NSO Group bu suriştiruvdan keyin özini oqlab çiqib, kompaniya dasturni davlatlarga faqat terrorizmga qarşi kuraş doirasida sotişi, bu kelişuvni buzgan davlatlar bilan şartnomani bekor qilişini iddao qildi. Suriştiruvdan keyin AQŞ savdo vazirligi NSO Group'ni qora röyxatga kiritgan. Apple esa Pegasus orqali telefonlarga buzib kirişni töğridan-töğri Apple va uning foydalanuvçilariga hujum deb qabul qilib, Isroil kompaniyasini sudga berdi.

AQŞ bosimidan keyin NSO Group kompaniyasining iqtisodiy holati qiyinlaşa boşladi. Korxona ayni damda 450 million dollar kredit undiruvini amalga oşirişi kerak. Bloomberg manbasiga köra NSO Group'ning 2021 yildagi daromadi 230 million dollarni taşkil etadi. Bu esa 2018 yilgiga qaraganda 8 foizga kamroq degani.