Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda alohida yo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
Urganch shahrida metrobus tizimi tashkil etiladi.
Urganch shahrining transport tizimini rivojlantirish modelini ishlab chiqish va shaharda BRT tizimini yaratish uchun 1,211 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Xorazm viloyati hokimi bu boradagi tegishli farmoyishni imzolagan.
BRT (Bus rapid transit– tezkor avtobus transporti yoki metrobus) an’anaviy avtobus marshrutlariga qaraganda tezkorlik, ishonchlilik va yo‘lovchi tashish imkoniyatlari yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Mazkur mablag‘ viloyat mahalliy budjetining 2021 yil 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan Urganch shahar mahalliy budjetiga ajratiladi.
Farmoyish bilan Xorazm moliya bosh boshqarmasiga viloyat mahalliy budjetiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash, viloyat davlat moliyaviy-nazorat boshqarmasiga esa ajratilgan mablag‘larni maqsadli ishlatilishini nazorat qilish vazifasi yuklangan.
Metrobuslar uchun alohida yo‘lak ajratiladi, bekatlar yopiq ko‘rinishda bo‘ladi va chipta sotiladigan kassalar bilan ta’minlanadi.
Mavzuga oid
17:35 / 23.06.2026
Xorazmda qahvaxonaga bostirib kirgan Cobalt voqeasi: 2 kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
17:55 / 25.05.2026