Senat yalpi majlisida “Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 245 va 245-8-moddalariga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun körib çiqildi.
Qonun xususiy mulkka bölgan huquqni himoya qiliş va mansabdor şaxslar köçmas mol-mulkiga aralaşuv holatlarining oldini olişga qaratilgan.
Prezidentning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida biznes ombudsmanga tadbirkorlarning huquqlarini buzgan davlat idorasi mansabdorlariga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortiş böyiça vakolat beriş taklifi bildirilgan edi.
Xususiy mulkni himoya qiliş bilan boğliq mazkur muammoli vaziyatlarni bartaraf etiş maqsadida qonunçilikni takomillaştiriş, şu jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakiliga tadbirkorlar manfaatlari buzilişi holatlari böyiça ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolatini beriş belgilanmoqda.
Qayd etilişiça, qonun qabul qilinişi xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlaş, davlat organlari mansabdor şaxslarining huquqbuzarlik profilaktikasini kuçaytirişning institutsional mexanizmlarini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
















