BBC muxbirlari Afğonistondagi narkotik savdosi qanday holatda ekani haqida reportaj tayyorladi.

Afğoniston janubidagi qişloqlardan birida joylaşgan binoda içi oq kristall bilan töla yaltiroq plastik paketlar toğday uyulib yotibdi. Bu «eksportbop» sifatli metamfetamin. Bu narkotikni oddiy qilib «met» deb ataşadi. Xonada turgan 100 kg narkotikning bozor narxi 2,6 million dollar. Tez orada uni butun dunyo böylab tarqatişadi. To Avstraliyagaça.

Afğon bozorlaridan birida köknor sotişmoqda/Foto: BBC

Hovliga çiqsangiz, ikkita tutayotgan boçkani körişingiz mumkin. Demak yangi partiya tayyorlanmoqda. Bu qişloqda narkotik tirikçilikning asosiy manbalaridan biri. «Tolibon» davlatni qölga olgaç, narkotik savdosi yanada «gullab-yaşnadi». Avval Afğonistonda asosan geroin yetiştirilardi, hozir esa zamonaviy narkotiklar, xususan, kristall metamfetamin işlab çiqariş ham rivojlanib ketdi. Bu psixostimulyator bölib, iste’mol qilganlar unga oson örganib qoladi va şu jihati bilan xavfli.

Dunyoning aksar mamlakatlarida metamfetamin taqiqlangan preparat sifatida qabul qilingan. AQŞda esa tibbiyotda istisno tariqasida «dezoksin» nomi bilan işlatiladi. BBC bilan suhbatda bölgan mahalliy fuqarolardan biri ismi sir qolişi şarti bilan bu preparatni işlab çiqariş Afğonistonda qançalik rivojlanib ketganini aytib berdi. Unga köra, Afğonistonning janubi-ğarbida joylaşgan birgina tumanning özida metamfetamin işlab çiqaradigan 500 ta laboratoriya bor. Ular har kuni 3 tonnagaça metamfetamin tayyorlaydi.

Bu zamonaviy narkotik işlab çiqariş Afğonistonda urf bölganiga boşqa sabab ham bor. Qisqaça «met» deb ataluvçi narkotikning asosi efedrindan iborat. Afğonistonda ösadigan va mahalliy puştunlar «oman» deb ataydigan efedra yovvoyi ötida efedrin borligi aniqlangaç, narkotikçi «hunarmandlar» yoppasiga metamfetamin işlab çiqarişga kirişadi.

Çöl örtasidagi bozorda efedrin har qaçongidan köra xaridorgir mahsulotga aylangan. Toliblar boşida efedrin sotuvçilarga soliq joriy qilgandi. Keyinroq uni terib oliş butunlay taqiqlandi. Ammo bu boradagi qaror hammaga yetib bormagani uçun odamlar hamon zamonaviy «met» narkotigini işlab çiqarişda davom etmoqda. Toliblar çeklovlarining yagona «natijasi» şu böldiki, metamfetaminning ulgurji narxi ikki baravarga qimmatlab ketdi. Eksportçilar «toliblar bizni işlagani qöymayapti» degan iddao bilan narxni kötarib olgan. Ularning zaxiralari esa hali ançagaça yetadi.