Özbekiston prezidentining farmoyişi bilan Farrux Omonov Prezident Administratsiyasi şu’ba mudiri etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.

Farrux Omonov tayinlovga qadar Yoşlar işlari agentligi direktori örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

U 2019 yil dekabridan 2020 yilning noyabriga qadar Yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisi örinbosari, xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Şuningdek, Omonov 2011—2015 yillarda Moliya vazirligida, 2015—2019 yillarda Savdo-sanoat palatasida ham işlagan.