Qashqadaryoda qizil chiroqda harakatlangan haydovchi ikki kishini urib yubordi. Piyodalarning biri vafot etdi

Videodan kadr
Qarshi shahrida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan haydovchi ikki kishini urib yuborib, qochib ketgan. Oqibatda piyodalardan biri vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 17 dekabr kuni 7:20 larda Qarshi-Beshkent yo‘lining Qarshi shahri hududidan o‘tuvchi 4-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qarshi-Beshkent yo‘nalishida harakatlanib borayotgan haydovchi chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan va ko‘chani kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan. So‘ng, ularga yordam bermasdan qochib ketgan. Oqibatda piyodalar og‘ir tan jarohati olib, ulardan biri vafot etgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini «Lada Vesta» mashinasi haydovchisi sodir etgani aniqlanib, u ushlangan.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda Qarshi shahar IIO FMB tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024