Payşanba kuni soat taxminan 12:10-12:15 oraliğida Toşkent şahridagi «Kosmonavtlar» metro bekatida harakatlangan poyezdning uçinçi vagonida «kiçik tutun çiqiş» holati röy bergan.

Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Kosmonavtlar metro bekatida poyezd yongani aytilayotgani» haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi. 

Xabarda qayd etilişiça, poyezdda yonğin kelib çiqmagan. Bekatda yölovçilar vagondan tuşirilib, xavfsizlik çoralari körildi.

«Bugun, 23 dekbar kuni soat 12:15da Şayxontohur tumani «Kosmonavtlar» metro bekati içida harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat tarkib(sostav)ning 3-vagonida texnik sabablarga köra saqlagiç (predoxranitel) kuyganligi yoki tormoz kolodkasi siqib qolganligi taxmin qilinmoqda. Voqea joyida heç qanday yonğin sodir bölmagan. Nosoz vagon ta’mirlaş uçun DePOga yuborilgan.

Fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bölganlar yöq», deyiladi xabarda.

Voqea joyiga şahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan, metro odatiy iş rejimida işlamoqda.

«Toşkent metropoliteni» 34-sonli harakat tarkibida maşinist tomonidan nosozlik aniqlangani haqida xabar qilgan. «Jabrlanganlar yöq, baxsiz hodisa röy bermagan. Texnik nosozlik uçun «Toşkent metropoliteni» DUK yölovçilardan uzr söraydi», deyiladi xabarda.