Oliy va örta maxsus ta’lim tizimida qişki ta’tilning boşlaniş sanasi özgardi.
Vazirlik axborotiga köra, talabalarning doimiy yaşaş joylariga boriş va qaytişi uçun içki temiryöl va aviaqatnovlarga çiptalarni maxsus 50 foizli çegirma bilan xarid qiliş imtiyozi 25 dekabrdan e’tiboran qöllanişi belgilangan.
Şu munosabat bilan, vazirning 25 dekabrdagi 537-sonli buyruğiga asosan, oliy, örta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va öquvçilari uçun qişki ta’til muddatining boşlanişi ham 25 dekabrga köçirilgan.
Eslatib ötamiz, uç kun oldin vazirlik ta’til muddati 28 dekabrdan boşlanib, 10 yanvargaça davom etişini ma’lum qilgandi.
Vazirlikning yangi e’lonida ta’tilning tugaş muddati haqida ma’lumot berilmagan. Respublika oliy ta’lim kengaşi a’zosi Xuşnudbek Xudoyberdiyevning aniqlik kiritişiça, ta’til ertaroq boşlangani bilan uning tugaş sanasi özgarmagan.
“Dars jarayonlari 2022 yilning 11 yanvaridan boşlanadi. Demak, boşqaça aytganda, qişki ta’til muddati uzaytirib berildi”, – deya yozdi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Avvalroq OTMlarda kontrakt tölaş muddati 31 dekabrgaça uzaytirilgandi.

















