Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayol kishidan yozishmalarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
2021 yil 23 dekabr kuni IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limiga, 1981 yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro R.Z. ariza bilan murojaat qilgan.
Foto: IIV axborot xizmati
IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xabariga ko‘ra, u o‘z arizasida Toshkent viloyatida yashovchi “Sherzod” ismli shaxs bilan “Instagram” internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani, shundan co‘ng ishqiy mazmunda yozilgan sms xabarlarni turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlari hamda internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan tamagirlik yo‘li bilan 20 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganini ma’lum qilib, “Sherzod” ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu arizaga asosan, shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, 1985 yilda tug‘ilgan, ilgari Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi, fuqaro T.Sh., Toshkent viloyati, Chirchiq shahar hududida joylashgan “Atlant” klinikasi oldida ariza muallifi R.Z.dan 20 mln so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Surishtiruv ishlari davomida, T.Sh. fuqaro R.Z.dan oldin ham tovlamachilik yo‘li bilan 70 mln so‘m pullarni olganini va haqiqatan ham uyali telefon apparatida R.Z. bilan o‘zaro ishqiy munosabatdagi yozishmalari mavjudligini ma’lum qilgan.
24 dekabr kuni fuqaro T.Sh.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar va daliliy ashyolar qonuniy chora ko‘rish uchun Chilonzor tumani IIO FMBga yuborilgan. U JPKning 224-moddasi tartibida ushlanib, tuman IIO FMB VSHga joylashtirilgan, tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025
Fransiyada Luvrni tunashda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
14:13 / 26.10.2025
5,2 mlrd so‘m qiymatdagi valutalar Tojikistonga olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
11:34 / 25.10.2025