2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”ga köra, fuqarolarning kamida uçdan bir qismi taşabbusi bilan mahalla raisiga nisbatan işonçsizlik bildiriş tartibini joriy etiş va fuqarolar özini özi boşqariş organlarini joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, mahallada bir turdagi ixtisoslaşuvda faoliyat yuritayotgan aholini qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiladi.

Mahallalarda aholi bilan işlaşga qaratilgan jarayonlarni raqamlaştiriş orqali “Ijtimoiy mahalla” tizimini yaratiş ham nazarda tutilmoqda.

“Ijtimoiy mahalla” tizimi doirasida mahallalardagi şart-şaroitlar, infratuzilma va obektlar ahvoli, quriliş va obodonlaştiriş işlarining borişi, ekologik vaziyat
va boşqa masalalarni fuqarolar tomonidan virtual monitoring (mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.) qiliş amaliyoti joriy etiladi.

Fuqarolar özini özi boşqariş organlarining öz hududlarida joylaşgan kommunal, bandlik, soliq, obodonlaştiriş sohalari va ta’lim muassasalari bilan aloqalar samaradorligi qayta körib çiqiladi.