
Bugun, 3 yanvar kuni tezkor şaxmat (rapid) böyiça jahon çempioni Nodirbek Abdusattorov, uning murabbiylari, kuçli öntalikka kirişga erişgan Javohir Sindorovni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbirning birinçi qismi Milliy Olimpiya Qömitasi binosida ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Özbekiston boş vaziri örinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Prezident Administratsiyasi rahbari örinbosari — prezidentning matbuot kotibi Şerzod Asadov iştirok etib, 17 yoşli çempionga «Mard öğlon» ordeni, 2 xonali uy, 250 mln söm mukofot puli topşirişdi.

Şuningdek, Nodirbekning murabbiylari 100 mln sömdan, jahon çempionatida 8-örinni egallagan Javohir Sindorov 50 mln söm, turnirdagi iştiroki uçun Şamsiddin Vohidov 25 mln söm pul bilan taqdirlandi.

Marosimda sözga çiqqan çempionning otasi — Fazliddin Oçilov özining dunyodagi eng baxtli otalardan biri ekanligini ta’kidladi: «Hozir Özbekistonda mendan baxtli ota bölmasa kerak. Çunki kenja öğlim Nodirbek şaxmatning rapid yönalişida eng yoş jahon çempioniga aylandi.
Şu örinda öğlim nomidan jurnalistlardan keçirim sörayman. Çunki köp bor intervyularni rad etganmiz. Çunki Nodirbekning kun tartibi bor. Unga amal qilişi kerak. Turli tadbirlar bilan ovora bölganimizda bunday muvaffaqiyatlarga erişa olmasdik».

Şundan söng rahbarlar, şaxmatçilar, OAV vakillari va muxlislar «Yangi Özbekiston» boğiga yöl olişdi. U yerga yiğilgan minglab muxlislar çempionni olqişlaşdi.
Marosimdan söng Nodirbek Abdusattorov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi: «E’tibor uçun minnatdorçilik bildiraman. Bu — boşlanişi. Ğalabalar bardavom böladi. Kelgusida jahon şaxmat tojini ham Özbekistonga olib kelamiz.

















